Voltauto Uzbekistan

Voltauto Uzbekistan 🔋 Продажа и установка зарядных станций для электромобилей. www.voltauto.uz I 78 113 33 55

📊 Voltauto stansiyalari o’tgan 11 oylikda qancha CO₂ (korbonat angidrit) chiqindisini oldini oldi? Bir yil davomida Volt...
06/12/2025

📊 Voltauto stansiyalari o’tgan 11 oylikda qancha CO₂ (korbonat angidrit) chiqindisini oldini oldi?

Bir yil davomida Voltauto stansiyalari orqali iste’mol qilingan umumiy energiya:
🔋 1,370,463 kWh

1️⃣ Bu energiya EV uchun nechta km yo‘l demak?

EQ M5 kabi o‘rtacha EV 100 km masofaga 15 kWh energiya sarflaydi.

Formula:
1,370,463 kWh ÷ 0.15 kWh/km = 9,136,420 km

✔️ Elektromobillar Voltauto orqali 9.1 mln km yo‘l bosgan.

2️⃣ Agar shu masofa benzinda bosilganida?

Misol sifatida — Cobalt, o‘rtacha sarf:
⛽️ 8 L / 100 km (0.08 L/km)

Formula:
9,136,420 km × 0.08 L/km = 730,914 L benzin

✔️ Bu masofa uchun 730 ming litr benzin kerak bo‘lardi.

3️⃣ 730,914 litr benzin yoqilganda qancha CO₂ chiqadi?

1 litr benzin → 2.3 kg CO₂ chiqaradi.
(Izoh: 🔬 Sababi — kimyo:

Benzin uglevodorodlardan tashkil topgan (CₓHᵧ). Yoqilganda benzin ichidagi uglerod (C) havodagi kislorod (O₂) bilan birikadi → CO₂ hosil qiladi.

Demak:
Benzin og‘irligining katta qismi havodan olinadi (kislorod)
Natijada hosil bo‘ladigan CO₂ og‘irligi o‘zidan 3 baravar ko‘p bo‘ladi.)
Formula:
730,914 L × 2.3 kg/L = 1,681,102 kg CO₂

✔️ Bu — 1,681 tonna CO₂
(ya’ni atmosferaga chiqarilmay qolgan zararli chiqindi).

4️⃣ Bu CO₂ ni daraxtlar qanchaga yutardi?

1 ta archa daraxti bir yilda: 21 kg CO₂
11 oy uchun: 21 × 11/12 = 19.25 kg

Formula:
1,681,102 ÷ 19.25 = 87,308 ta archa daraxti

✔️ Voltauto natijasi — 87 ming dona archa daraxtining bir yillik ishiga teng.

🌍 Xulosa

Voltauto stansiyalari orqali zaryad olgan har bir elektromobil:
— Atmosferaga chiqariladigan minglab tonna CO₂ ni kamaytirdi
— Shahar havosini tozalashga hissa qo‘shdi
— Ekologik xavfsizlikka xizmat qildi

Voltauto kompaniyasi nomidan elektromobillarni tanlagan barcha haydovhilarga minnatdorchilik bidiramiz!

🔋Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Beshqoʻrgʻon mahallasida  ECO GAZ OIL kompaniyasi bilan hamkorlikda VOLTAUTO kompani...
29/11/2025

🔋Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Beshqoʻrgʻon mahallasida ECO GAZ OIL kompaniyasi bilan hamkorlikda VOLTAUTO kompaniyasi 2 ta 120 kwli tezkor quvvatlash stansiyasi ishga tushirdi.

⚡️120 kWt 2x

🧭Mo’ljal: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Beshqoʻrgʻon mahallasi

⚡️Ushbu stansiyamizdan 7 kun davomida Voltauto ilovasini yuklab olib chegirma narxda quvvatlanishungiz mumkin

🔋 “Sardor Avto Invest” o‘z xizmat parki avtomashinalari uchun inovvatsion elektromobillar quvvatlash stansiyasini tanlad...
27/11/2025

🔋 “Sardor Avto Invest” o‘z xizmat parki avtomashinalari uchun inovvatsion elektromobillar quvvatlash stansiyasini tanladi!

Voltauto jamoasi kompaniya hududida 1 ta 60 kW va 2 ta 22 kW quvvatdagi GBT portli quvvatlash stansiyalarini o‘rnatib berdi.

Stansiyalar:
✅ Qulay interfeys
✅ 24/7 foydalanish imkoniyati
✅ Voltauto ilovasi bilan integratsiya
✅ Korporativ transport uchun maksimal samaradorlik

📍 Manzil: O‘zgarish metro bekati yonida, “Sardor Avto Invest” avtosaloni hududi.

Voltauto — O‘zbekiston bo‘ylab bizneslar uchun tezkor va ishonchli elektromobillar infratuzilmasini yaratishda davom etadi.

Agar sizning kompaniyangizga ham xizmat mashinalari uchun quvvatlash stansiyalari kerak bo‘lsa — biz bilan bog‘laning!

📞 +998 78 113 77 22

🔋Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko’chasi “Mikon” mchj kompaniyasining avtomobillar to’xtash joyida Volta...
24/11/2025

🔋Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko’chasi “Mikon” mchj kompaniyasining avtomobillar to’xtash joyida Voltauto kompaniyasining 180 kwli tezkor quvvatlash stansiyasi ishga tushirdi.

⚡️180 kWt

🧭Mo’ljal: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko’chasi

⚡️Ushbu stansiyamizdan 7 kun davomida Voltauto ilovasini yuklab olib chegirma narxda quvvatlanishungiz mumkin

2025-yil 2-choragi bo‘yicha AQSh elektromobil bozori bo‘yicha eng muhim raqamlar e’lon qilindi. 🚀 Tesla hali ham mutlaq ...
19/11/2025

2025-yil 2-choragi bo‘yicha AQSh elektromobil bozori bo‘yicha eng muhim raqamlar e’lon qilindi.

🚀 Tesla hali ham mutlaq yetakchi — 48,5% bozor ulushi va qariyb 144 ming dona sotuv. Bu nafaqat birinchi o‘rin, balki Chevroletdan 4 baravar ko‘p natija.

🇺🇸 Chevrolet #2 o‘rinda — 27 mingdan ortiq sotuv.
General Motors’ning umumiy elektromobillar ulushi (Chevrolet + Cadillac + GMC) 15,2% ga yetib, o‘tgan chorakdagi 10,8% dan sezilarli o‘sdi.

⚡ Ford va Hyundai o‘rtasida qizg‘in raqobat —
Ford: 5,5%
Hyundai: 5,3%
Har ikkisi Tesla va Chevroletdan keyingi kuchli o‘rinda.

📊 Q2 2025 sotuvlar (eng yirik brendlar):

Tesla — 143.5K

Chevrolet — 27.1K

Ford — 16.4K

Hyundai — 15.6K

Cadillac — 11.8K

BMW — 11.1K

Rivian — 10.7K

Nissan — 9.1K

Honda — 6.8K

GMC — 6.0K

Audi — 5.7K

Acura — 5.5K

Kia — 5.0K

Mercedes — 4.6K

Boshqalar — 27.6K

📌 Umumiy elektromobillar sotuvlari: 306.4 ming dona.
Manba: CleanTechnica.

🟢 Xulosa:

AQSh elektromobillar bozori hali ham mahalliy brendlar qo‘lida, ayniqsa Tesla va GMning ulushi juda yuqori.

Raqobat kuchaymoqda, lekin baribir bozorni bitta trend boshqaradi: elektromobillar sotuvlari yildan-yilga barqaror o‘sishda davom etmoqda.

Elektromobillar bozori global darajada o‘zgarishda davom etmoqda — texnologiya, narx, xizmat sifati va infratuzilma raqobatning asosiy omillariga aylanmoqda.

Voltauto esa O‘zbekistonda elektromobil infratuzilmasini yanada rivojlantirishda davom etadi.

📞 +998 78 113 77 22

Elektromobillar haqida gapirilganda eng ko‘p tarqalgan qo‘rquv — yonib ketish xavfi.Lekin InsideEVs  tomonidan e’lon qil...
15/11/2025

Elektromobillar haqida gapirilganda eng ko‘p tarqalgan qo‘rquv — yonib ketish xavfi.

Lekin InsideEVs tomonidan e’lon qilingan NTSB ma’lumotlari bir haqiqatni aniq ko‘rsatdi:

Elektromobillar benzinli mashinalarga qaraganda ancha xavfsiz. Hattoki yong‘in ehtimoli bo‘yicha ulardan o‘nlab baravar past.

Statistikaga qarang:
🔹 Ichki yonuv dvigateli (ICE) — 1 529 ta yong‘in / 100 000 taga nisbatan
🔹 Gibrid avtomobillar — 3 474 ta yong‘in / 100 000 taga nisbatan
🔹 Elektromobillar (to‘liq elektr) — atigi 25 ta yong‘in / 100 000 taga nisbatan

Bu shuni anglatadiki:
benzinli mashinalar Elektromobillarga qaraganda deyarli 60 baravar ko‘proq yonadi,
gibridlar esa eng yuqori yong‘in xavfiga ega.

To‘g‘ri, Elektromobillarda yong‘in juda kam bo‘ladi, ammo lityum-ion batareyalar sababli bunday yong‘inlar o‘chirish jarayonida murakkabroq bo‘lishi mumkin. Shu bois ko‘plab davlatlarda yong‘in xavfsizligi xizmatlari elektromobillar bilan ishlash bo‘yicha maxsus o‘quvdan o‘tmoqda.

Xulosa:
EV — nafaqat ekologik toza, balki statistik jihatdan ham ancha xavfsiz transport turi.

🎉 350+ zaryadlash stansiyasi!Bu — bizga ishonch bildirgan har bir mijoz, hamkor va jamoamizning mehnati natijasi.Bugun V...
12/11/2025

🎉 350+ zaryadlash stansiyasi!

Bu — bizga ishonch bildirgan har bir mijoz, hamkor va jamoamizning mehnati natijasi.

Bugun VOLTAUTO stansiyalari Markaziy Osiyoning 20 dan ortiq shahrida faol ishlamoqda:
⚡️ +250 loyihalar davlat tashkilotlari uchun
⚡️ +100 B2B loyihalar tadbirkorlar uchun

Bu faqat boshlanish. Oldinda yanada katta maqsadlar bor — har bir shaharni elektr infratuzilma bilan bog‘lash!

Ishonchingiz uchun rahmat 💚

🔋Elektromobilingiz voha bo’ylab erkin harakatlana olsin!⚡Voltauto kompaniyasi Buxoro shahri, Moxi Xossa ko’chasida “Buxo...
07/06/2025

🔋Elektromobilingiz voha bo’ylab erkin harakatlana olsin!

⚡Voltauto kompaniyasi Buxoro shahri, Moxi Xossa ko’chasida “Buxoro Transformator zavodi” avtoturargohida 120 kwtli tezkor quvvatlash stansiyasi o’rnatdi

Ushbu quvvatlash stansiyasi:

✅2ta GBT port ( 2ta elektromobil quvvatlanadi)
✅Qulay interfeys bilan jihozlangan
✅VoltAuto ilovasi orqali quvvatlanish mumkin

📍Manzil esa Buxoro shahri M37 yo’lida, Karvon Bozor oldida

⬇️ Ilovamiz orqali ro’yxatdan o’ting va o’zingizga yaqin zaryadlash stansiyasi I toping!

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998781137722

🔋Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Zangiota ziyoratgohi qarshisidagi bozor avtoturargohida VoltAuto kompaniyasining 12...
17/05/2025

🔋Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Zangiota ziyoratgohi qarshisidagi bozor avtoturargohida VoltAuto kompaniyasining 120 kWtli quvvatlash stansiyasi o’rnatildi

Mo’ljal: Zangiota ziyoratgohi

⚡️Ushbu stansiyamizdan 7 kun davomida Voltauto ilovasini yuklab olib chegirma narxda quvvatlanishungiz mumkin

Batafsil ma’lumot:
📞+998781137722

🔋Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar mavzesida Voltauto kompaniyasining 3ta tezkor quvvatlash stansiyasi ishg...
11/05/2025

🔋Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar mavzesida Voltauto kompaniyasining 3ta tezkor quvvatlash stansiyasi ishga tushdi.

⚡️120 kWt (2ta)
⚡️60 kWt

Mo’ljal: Eshonguzar city, Zangiota Prokratura

⚡️Ushbu stansiyamizdan 7 kun davomida Voltauto ilovasini yuklab olib chegirma narxda quvvatlanishungiz mumkin

Batafsil ma’lumot:
📞+998781137722

🔋Elektromobilingiz vodiy bo’ylab quvvatga boy bo’lib harakatlansin.⚡Voltauto kompaniyasi Farg’ona shahri, Kirgili mavzes...
10/05/2025

🔋Elektromobilingiz vodiy bo’ylab quvvatga boy bo’lib harakatlansin.

⚡Voltauto kompaniyasi Farg’ona shahri, Kirgili mavzesi, Abu Zarr choyxonasi avtoturargohida 2ta 120 kwtli tezkor quvvatlash stansiyasi o’rnatdi

Ushbu quvvatlash stansiyalari:

✅2ta GBT port ( 2ta elektromobil quvvatlanadi)
✅Qulay interfeys bilan jihozlangan
✅VoltAuto ilovasi orqali quvvatlanish mumkin

📍Manzil esa Farg’ona shahri, Kirgili mavzesi, Abu Zarr

⬇️ Ilovamiz orqali ro’yxatdan o’ting va o’zingizga yaqin zaryadlash stansiyasi I toping!

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998781137722

Xotira va qadrlash kuni muborak bo’lsin!VoltAuto kompaniyasi O’zbekiston xalqini bugungi xotira va qadrlash kuni bilan t...
09/05/2025

Xotira va qadrlash kuni muborak bo’lsin!

VoltAuto kompaniyasi O’zbekiston xalqini bugungi xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi.

Aziz vatandoshlar, bu k***a o’tkanlarni xotirlash va oldingizdagi yaqinlaringiz va keksalarni qadrlang.

Bayram muborak.

VoltAuto ma’muriyati

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Voltauto Uzbekistan posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Voltauto Uzbekistan:

Share