09/01/2023
Telegram ijtimoiy tarmog`ida joylashtirilgan post yuzasidan RASMIY MA`LUMOT!
Joriy yilning 8-yanvar kuni, "Kо дну" telegramm kanalida “Toshshahartransxizmat”AJning “2-avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 63- va 72-sonli avtobus yo`nalishlarining faoliyati yuzasidan tanqidiy post (https://t.me/KoDnu/2645) joylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma`lum qiladi:
🔹“Toshshahartransxizmat”AJning “2-avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 63-sonli avtobus yo‘nalishiga biriktirilgan davlat raqami 01 992 ECA, saroy raqami 29-bo‘lgan avtobusda joriy ish jarayonida texnik nosozlik (yoqilg‘i sizib chiqishi) yuzaga kelgan. Aholiga sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lovchilarni transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, qatnov muntazamligini ta`minlash va 63-sonli avtobus yo‘nalishiga to‘liq jadvallar asosida avtobuslarni ishga chiqarish maqsadida, yo‘nalishga 1 dona "SAZ LE-60" rusumli avtobus qo‘shimcha ishga chiqarilgan.
🔹Shuningdek, “Toshshahartransxizmat”AJning “2-avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 72-sonli “Jomiy maydoni – Aviasozlar ASHB” avtobus yo‘nalishiga biriktirilgan harakat tarkiblarining tasarruf etish talablariga javob bermaganligi (transport vositalarining jismonan va manan eskirganligi, taʼmir talab holda bo‘lganligi), avtobuslarning oraliq intervali 40-45 daqiqani tashkil etganligi sababli, 72-sonli yo‘nalishga 8 dona “SAZ LE 60” rusumli yangi xarid qilingan avtobuslar vaqtinchalik ishga chiqarilib, avtobuslarning oraliq qatnov intervali 12-15 daqiqani tashkil etishi ta`minlanganligini ma`lum qilamiz.
O`z navbatida shuni ta`kidlab o`tish kerakki, "Toshshahartransxizmat" AJ harakat tarkibi yangi, zamonaviy va katta sig`imli avtobuslar bilan yangilanib, belgilangan rejaga asosan yo`nalishlarda aholimizga xizmat ko`rsatish uchun biriktiriladi.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/tshtxuz)
Instagram (http://instagram.com/toshbus)
Facebook (https://www.facebook.com/tshtx)
Web-site (https://tashbus.uz/)
Второй парк в прошлом году получил больше 20 автобусов большой вместимости (Часть новые, часть старые Мерседесы) Перевел 2 маршрута с автобусов большой вместимости ....